Live
2
O'zbek

«Brentford» Bundesliga iqtidorini rekord summa evaziga sotib olmoqda

Futbol
4 iyun, 14:51
Said El Mala transferi klub tarixidagi eng yirik kelishuvlardan biriga aylanishi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Brentford» Bundesliga iqtidorini rekord summa evaziga sotib olmoqda
Foto: Getty Images

«Brentford» «Kyoln»ning yosh futbolchisi Said El Mala transferini yakunlash arafasida turibdi.

Bild xabariga ko‘ra, Angliya klubi 20 yoshli futbolchi uchun yaxshilangan taklif bilan chiqqan va tomonlar kelishuvga yaqinlashgan. Bitimning umumiy qiymati bonuslar bilan birga 50 million yevrogacha yetishi mumkin.

Manbada aytilishicha, ushbu summaning 45 million yevrosi kafolatlangan to‘lov bo‘lib, qolgan qismi turli bonuslar ko‘rinishida to‘lanadi.

Agar transfer amalga oshsa, bu «Kyoln» tarixidagi eng qimmat sotuvga aylanadi. Klubning avvalgi rekordi 2018 yilda Antoni Modestening «Tyanszin Syuantszyan»ga 29 million yevro evaziga transferi bo‘lgan.

Kelishuvga ko‘ra, nemis klubi futbolchining keyingi transferidan 15 foiz ulush olish huquqini ham saqlab qoladi.

Qayd etilishicha, bitim yakunlanishi uchun futbolchining vakili hisoblangan onasining roziligi qolgan. «Brentford» boshqa klublar aralashib ketmasligi uchun taklifiga ma’lum muddat belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, Said El Mala «Kyoln» asosiy jamoasida atigi bir mavsum o‘ynagan bo‘lsa-da, Yevropaning eng istiqbolli hujumkor futbolchilaridan biri sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchi «Brentford»da yiliga 4 million yevrodan ortiq maosh olishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brentford Brentford
Bugungi yangiliklar