Live
2
O'zbek

Iraola «Liverpul» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin ilk fikrlarini bildirdi

Futbol
4 iyun, 15:15
Ispaniyalik mutaxassis mersisaydliklar safiga qo‘shilganidan mamnunligini yashirmadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Iraola «Liverpul» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin ilk fikrlarini bildirdi
Foto: Getty Images

«Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola klubdagi faoliyatini boshlayotganidan xursand ekanini aytdi.

«Men juda hayajondaman. Chunki «Liverpul» buyuk klub, ulkan klub va dunyodagi eng yirik jamoalardan biri. Men har doim bu klubni alohida jamoa deb bilganman.

«Liverpul» sizni o‘ziga jalb qilishi uchun ko‘p narsa kerak emas. «Liverpul» — bu «Liverpul».

Albatta, bu yerda atmosfera, muxlislar, klubning o‘zi, futbolchilar, eng yuqori darajadagi o‘yinchilar bilan ishlash imkoniyati va sovrinlar uchun kurashish imkoniyati bor. Menimcha, bundan jozibaliroq narsa bo‘lishi qiyin. Shuning uchun ishni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi Iraola klub matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, 43 yoshli mutaxassis yaqinda «Liverpul» bosh murabbiyi etib rasman tayinlangandi. Andoni Iraola bungacha «Bornmut»ni boshqarib, jamoa bilan muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar