Bugun
19
O'zbek

O‘rtoqlik o‘yinlari. Shvetsiya g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Eron esa Mali ustidan zafar quchdi

Futbol
4 iyun, 15:49
Mundialga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar navbatdagi nazorat bahslarida maydonga tushdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
O‘rtoqlik o‘yinlari. Shvetsiya g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Eron esa Mali ustidan zafar quchdi
Foto: Getty Images
04.06.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Eron Eron 2 : 0 Mali Mali

2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahslarida Shvetsiya va Eron milliy jamoalari turlicha natija qayd etdi.

Stokgolmdagi «Strawberry Arena» stadionida Shvetsiya va Gretsiya o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Hisobni 10-daqiqada Konstantinos Tsimikas ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Viktor Gokeresh va Gustav Nilsson shvedlarni oldinga olib chiqdi. Biroq 90+5-daqiqada Georgios Masuras gol urib, Gretsiyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

O‘rtoqlik o‘yini
Shvetsiya – Gretsiya 2:2
Gollar:
Konstantinos Tsimikas 10 (0:1), Viktor Gokeresh 53 (1:1), Gustav Nilsson 69 (2:1), Georgios Masuras 90+5 (2:2).

Shuningdek, Eron milliy jamoasi Mali bilan o‘tkazilgan nazorat bahsida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Osiyo vakillari safida Ramin Rezayon va Said Izatullohi gollarga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya milliy jamoasi Jahon chempionatining F guruhida Tunis, Niderlandiya va Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Eron milliy jamoasi mundialning G guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradi.

O‘rtoqlik o‘yini
Eron – Mali 2:0
Gollar:
Ramin Rezayon 12 (0:1), Said Izatullohi 55 (0:2).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Eron Eron
  • Mali Mali
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar