O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov Jahon chempionatiga yo‘llanma qo‘lga kiritish uning futbolchilik faoliyatidagi eng katta orzularidan biri bo‘lganini aytdi.
«Bu hayotimdagi eng katta orzularimdan biri edi. Futbolchilik faoliyatimdagi eng katta orzuim O‘zbekiston milliy jamoasi bilan Jahon chempionatida qatnashish edi. Mana shu maqsad amalga oshgach, futboldagi hayotim davomida o‘ylagan barcha narsalar ko‘z oldimdan o‘tdi», — dedi Shomurodov O‘FA media xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi. Vakillarimiz 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya, Kongo va Kolumbiya milliy jamoalariga qarshi maydonga tushadi.