Live
1
O'zbek

«Chelsi» titul homiysini topishda qiyinchilikka duch kelmoqda

Futbol
4 iyun, 15:30
London klubi homiylik shartnomasi bo‘yicha kutgan daromadiga erisha olmayapti.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Chelsi» titul homiysini topishda qiyinchilikka duch kelmoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» yangi titul homiysini izlashda muammolarga duch kelmoqda.

The Telegraph xabariga ko‘ra, klub bilan hamkorlik qilishga qiziqayotgan kompaniyalar homiylik bitimini taxminan 30 million funt sterlingga baholamoqda. Biroq bu summa London klubi rahbariyatini qoniqtirmayapti.

Manbada aytilishicha, «Chelsi» potensial titul homiysidan yiliga 60 million funt sterling olishni istamoqda. Bu esa taklif qilinayotgan mablag‘dan ikki baravar ko‘pdir.

«Summalar o‘rtasidagi katta tafovutni hisobga olsak, titul homiysini izlash jarayoni yana cho‘zilib ketishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, klubning sport natijalari ham muzokaralarga ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin. «Chelsi» o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Yevrokuboklarga yo‘llanma ola olmadi.

Eslatib o‘tamiz, London klubi Premyer Liga so‘nggi turida «Sanderlend»ga mag‘lub bo‘lib, hatto Konferensiyalar ligasi yo‘llanmasidan ham quruq qoldi.

Ma’lumot uchun, titul homiysi klub futbolkasi old qismida reklama joylashtirish huquqiga ega bo‘lgan asosiy tijoriy hamkor hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar