«Sassuolo» bosh murabbiyi Fabio Grosso o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Mutaxassis jamoada ikki mavsum faoliyat yuritdi va klubning A Seriyaga qaytishida muhim rol o‘ynadi. Tomonlar shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilgan.
«Sassuolo» murabbiy va uning shtabiga professionalligi hamda amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Ularga keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz», — deyiladi klub bayonotida.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Grosso yaqin vaqt ichida «Fiorentina» bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Grosso murabbiylik faoliyati davomida «Lion», «Sion» va bir qator Italiya klublarida ishlagan. Shuningdek, u «Yuventus» yoshlar jamoasini ham boshqargan.
Ma’lumot uchun, Grosso futbolchilik faoliyatida 2006 yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Italiya milliy jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritgan.