Live
2
O'zbek

«Milan» Pochettino bilan 5 million yevroga kelishmoqchi

Futbol
4 iyun, 14:15
Argentina mutaxassisi klub bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Milan» Pochettino bilan 5 million yevroga kelishmoqchi
Foto: Getty Images

Maurisio Pochettino «Milan»ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Pianetamilan.it xabariga ko‘ra, «rossonerilar» rahbariyati argentinalik mutaxassis bilan yiliga 5 million yevro evaziga kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Manbada aytilishicha, Pochettinoning nisbatan kamroq moliyaviy talablari uning nomzodini Milan klubi uchun jozibador variantga aylantirmoqda.

Murabbiy faoliyati davomida bir qator top-klublarda ishlagan. Xususan, uning boshqaruvidagi «Tottenhem» Yevropa Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, Pochettino PSJda Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe bir jamoada o‘ynagan davrda ham faoliyat yuritgan.

Hozirda mutaxassis AQSH milliy jamoasini boshqarib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» yozda murabbiylar shtabida o‘zgarish qilishi mumkinligi haqida avval ham xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Maurisio Pochettino faoliyati davomida «Espanyol», «Sauthempton», «Tottenhem», PSJ va «Chelsi» klublarida ham ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar