«Barselona» Ansu Fatining «Monako»ga ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarda qo‘shimcha shartlar kiritishga intilmoqda.
Avvalroq Fransiya klubi futbolchini 11 million yevro evaziga sotib olmoqchi ekani va o‘yinchi bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Biroq manbalarga ko‘ra, bitimning yakunlanishi kechikmoqda. Sababi, «Barselona» shartnomaga o‘z tarbiyalanuvchisini kelajakda qayta sotib olish imkoniyatini beruvchi band yoki keyingi transferdan foiz olish huquqini kiritmoqchi.
Kataloniya klubi Fatining nisbatan arzon narxda sotilib, keyinchalik «Monako» tomonidan yuqori summaga boshqa klubga transfer qilinishini istamayapti.
Shuningdek, «Barselona» futbolchi uchun yanada yirikroq taklif kelishiga ham umid qilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ansu Fati bir vaqtlar «Barselona»ning eng istiqbolli tarbiyalanuvchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan edi.
Ma’lumot uchun, hujumchi so‘nggi mavsumlarda jarohatlar va o‘yin amaliyoti bilan bog‘liq muammolar sabab o‘zining avvalgi darajasini namoyish eta olmadi.