Bugun
19
O'zbek

«Bornmut» Marko Rozeni bosh murabbiy etib tayinladi

Futbol
4 iyun, 16:30
Nemis mutaxassisi Andoni Iraolaning o‘rnini egalladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Bornmut» Marko Rozeni bosh murabbiy etib tayinladi
Foto: Getty Images

«Bornmut» klubi Marko Roze bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.

Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, yosh iste’dodlarni tarbiyalagan va Yevropaning yirik klublarida ishlagan murabbiy “Bornmut” safiga qo‘shilmoqda. Roze o‘zining serg‘ayrat uslubi, hujumkor futboli va yosh futbolchilarni rivojlantirish qobiliyati bilan tanilgan. U Avstriya va Germaniyada faoliyat yuritib, Bundesliga, Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi klublarida muvaffaqiyatli ishlagan», — deyiladi klub bayonotida.

Marko Roze «Bornmut»ni tark etib, «Liverpul» bosh murabbiyiga aylangan Andoni Iraolaning o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Iraola 4 iyun kuni mersisaydliklar bilan rasman shartnoma imzolagan edi.

Ma’lumot uchun, Marko Roze faoliyati davomida «Zalsburg», «Borussiya Myonxengladbax», «Borussiya Dortmund» va «RB Leypsig» kabi klublarda ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar