«Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Rayan Sherki Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan tushgan rasmidagi holati haqida izoh berdi.
Sherki internet-memlar sababchisiga aylanib qoldi, chunki u surada yarim o‘tirgan holda edi — ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu holat yuzasidan turli taxminlar bilan izohlar qoldirishdi.
«Bu hurmat masalasi! Men vazir xonim bilan birga turgan edim. Men u kishidan baland turishni va qisman to‘sib qolishni xohlamasdim. Shuning uchun men ana shunday holatda suratga tushdim», — dedi Sherki TF1 efirida.
Kecha Fransiya Kot-d’Ivuar milliy jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. JCH-2026 boshlanishiga qadar fransuzlar 8 iyun kuni Shimoliy Irlandiya bilan ham o‘yin o‘tkazadi.