«PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya Yevropa boshqa top klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Teamtalk xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, futbolchini «Real» o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. «Qiroylik klubi» rahbariyati gruziyalik vingerni xarid qilish uchun 150 million yevro sarflashi mumkin.
Yakunlangan mavsumda Kvaratsxeliya Parij jamoasi safida 48 ta o'yinda qatnashib, 19 gol urdi va 11 assist amalga oshirdi. Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan.
Avvalroq Peres prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonsa, «Real» 150 million yevro evaziga yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashini e'lon qilgandi.