Bugun
41
O'zbek

Kiyeza «Inter» qiziqayotgan jamoadoshi Italiyadagi hayot haqida so‘raganini oshkor qildi

Futbol
6 iyun, 06:53
«Liverpul» klubi vingeri ikki jamoadoshiga Italiya klublarining qiziqishi haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Kiyeza «Inter» qiziqayotgan jamoadoshi Italiyadagi hayot haqida so‘raganini oshkor qildi
Foto: Gettyimages

«Liverpul»ning vingeri Federiko Kiyeza mersisaydlik futbolchilar Kyortis Jons va Alisson Bekerga Italiya klublarining qiziqishi haqida ma’lumotga javob berdi.

– Italiyada «Liverpul» futbolchilariga qiziqish bor: «Inter» Jonsga, «Yuventus» esa Alissonni qo‘lga kiritish umidini yo‘qotmagan.
– Jons bir marta mendan Italiyada yashash qanday ekanini so‘radi. Men unga bu yerda qulayroqligi, havo esa Liverpulga nisbatan yaxshiroq ekanini aytdim. Jons texnik jihatdan juda kuchli. «Inter» unga qiziqish bildirayotgani bejiz emas.

Alisson? Men eshitganim bo‘yicha, u Angliyada qoladi. Biz dunyodagi beshta eng yaxshi darvozabondan biri haqida gapiryapmiz. U ajoyib yetakchi, hamma narsani yutgan, shuningdek, maydonda va kiyinish xonasida o‘z ta’siriga ega», – deya Kiyeza so‘zlaridan iqtibos keltirdi La Gazzetta dello Sport.

Bugungi yangiliklar