Madrid «Real» klubi rahbari Florentino Peres «qirollik klubi» prezidenti lavozimiga nomzod Enrike Rikelme bilan bog‘liq vaziyatdan qo‘rqishini ta’kidladi, u avvalroq saylovlarda g‘alaba qozonsa, «qirollik klubi» «Liverpul» klubining sobiq murabbiyi Yurgen Klopp bilan bog‘lanishini aytgandi. Keyinroq nemis mutaxassisining agenti Kloppning «Real»da ishlashni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
«Yuz berayotgan voqealar meni juda ham xijolatli ahvolga solib qo‘ydi. Kecha kechqurun muzokaralar o‘tkazilgan murabbiyning nomi e’lon qilindi. Ammo bu murabbiy bir necha daqiqadan so‘ng, ular [Rikelme jamoasi] hatto urinishi ham kerak emasligini ma’lum qildi. Nahotki ularda prezidentlik kampaniyasi boshlangan paytda «Real»ni boshqarishga tayyor bo‘lgan murabbiy yo‘qmidi?» – deya Peresning so‘zlarini Madrid Xtra keltiradi.