Live
1
O'zbek

Emeri «Real» haqidagi savolga javob berdi

Futbol
6 iyun, 06:07
Ispaniyalik mutaxassis hozircha faqat «Aston Villa»dagi faoliyatiga e’tibor qaratayotganini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Emeri «Real» haqidagi savolga javob berdi
Foto: Getty Images

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Madridning «Real» klubidagi ehtimoliy faoliyati haqida fikr bildirdi.

54 yoshli mutaxassisga «qirollik klubi» boshqaruviga kelishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yuzasidan savol berildi.

«Hozir meni qayerda qadrlashlarini o‘ylayapman. Men «Aston Villa»ga kerakman. Sizga ishongan insonlarga minnatdor bo‘lish kerak. Bunday munosabatni qadrlash lozim», — dedi Emeri Footmercato nashriga.

Mutaxassisning bu so‘zlari uning ayni paytda Angliya klubidagi faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini anglatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri 2022 yil noyabridan buyon «Aston Villa»ni boshqarib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda birmingemliklar Yevropa ligasi g‘olibiga aylangan va Angliya Premyer Ligasini to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar