Bugun
41
O'zbek

«Manchester Yunayted» Tonali uchun 90 million yevrogacha taklif qilmoqchi

Futbol
6 iyun, 07:06
«Nyukasl» italiyalik yarimhimoyachini arzon narxda qo‘yib yuborishni istamayapti.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Manchester Yunayted» Tonali uchun 90 million yevrogacha taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonali transferi uchun kurashga qo‘shildi.

Caught Offside xabariga ko‘ra, mankunianliklar 26 yoshli futbolchi uchun 80-90 million yevro atrofida mablag‘ sarflashga tayyor.

Biroq «Nyukasl» italiyalik futbolchini kamida 110 million yevroga baholamoqda. Manbada qayd etilishicha, «qarg‘alar» Tonalini sotishga intilmayapti va faqat juda katta taklif tushgan taqdirdagina muzokaralarga kirishishi mumkin.

Sandro Tonaliga boshqa top-klublar ham qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Arsenal» va «Manchester Siti» ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan mavsum yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 53 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Sandro Tonali 2023 yilda «Milan»dan «Nyukasl» safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, futbolchining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, Transfermarkt portali esa uni 80 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar