Yurgen Kloppning agenti Mark Kosikke germaniyalik mutaxassisning «Real» bosh murabbiyiga aylanishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Avvalroq Madrid klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme saylovda g‘alaba qozongan taqdirda Kloppni jamoa boshqaruviga olib kelmoqchi ekani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.
Fabritsio Romanoning yozishicha, Kosikke bu xabarlarga keskin munosabat bildirgan.
«Bu anchada beri jonga tega boshladi. Klopp murabbiylik faoliyatiga qaytishni rejalashtirmayapti», — dedi agent.
Shu tariqa, Yurgen Kloppning yaqin kelajakda «Real» yoki boshqa klub boshqaruviga kelishi haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik mutaxassis 2024 yilda «Liverpul»ni tark etganidan so‘ng murabbiylik faoliyatida tanaffus olgan edi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Enrike Rikelme saylovoldi dasturi doirasida Klopp nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.