«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Madrid klubi tarixidan o‘rin olishni istayotganini ma’lum qildi.
Fransiyalik futbolchi Sorare nashriga bergan intervyusida «qirollik klubi» safida o‘ynayotganidan faxrlanishini ta’kidladi.
«Men «Real» safida o‘ynayotganimdan juda faxrlanaman va klub tarixida o‘z izimni qoldirishni juda istayman.
Agar siz dunyodagi eng buyuk klub tarixidan joy olsangiz, futbol tarixida ham alohida o‘ringa ega bo‘lasiz», — dedi Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik hujumchi «Real» safida ikki mavsumdan buyon o'ynab kelmoqda, ammo hozircha La Liga va Chempionlar ligasida g'olib bo'la olmadi.