Live
2
O'zbek

Ederson «Manchester Yunayted»ning yozdagi ilk transferiga aylanmoqda

Futbol
6 iyun, 07:43
Braziliyalik yarimhimoyachi «Atalanta»dan Angliyaga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ederson «Manchester Yunayted»ning yozdagi ilk transferiga aylanmoqda
Foto: Getty Images

«Atalanta» yarimhimoyachisi Ederson Lorenso faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, klublar 45 million yevrolik transfer bo‘yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirib bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 26 yoshli braziliyalik futbolchi yaqin kunlarda mankunianliklar bilan shartnoma imzolaydi.

Romano ushbu ma’lumot to‘liq tasdiqlanganini va Ederson «Manchester Yunayted»ning yozgi transferlar oynasidagi ilk yangi futbolchisiga aylanishini ta’kidlagan.

Yarimhimoyachi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» markaziy chiziqni kuchaytirish uchun bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Ederson 2022 yildan buyon «Atalanta» safida to‘p tepib kelayotgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar