«Manchester Yunayted» «Barselona» himoyachisi Alejandro Balde boʻyicha taklif yuborgan. Bu haqda Mirror xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Kataloniya klubi futbolchini sotish ehtimolini koʻrib chiqishga tayyor ekani ma'lum boʻlganidan keyin manchesterliklar faollashgan.
«Barselona» tarbiyalanuvchisini majburiy ravishda sotishni rejalashtirmayapti, ammo jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik uni endi asosiy tarkibda koʻrmayotgani sababli transfer ehtimoli ham inkor etilmayapti.
«Manchester Yunayted» rasmiylari Baldening salohiyatini yuqori baholamoqda va vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Futbolchining oʻzi esa Kataloniyani tark etishni istamayapti.