Alessandro Nestaning fikricha, «Barselona»ning ispan vingeri Lamin Yamal hozirgi paytda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
«Yamal — top darajadagi o‘yinchi. Meningcha, hozir u — Messidan keyingi eng yaxshi futbolchi. Leoning yoshi tufayli o‘yinida ma'lum darajada pasayish kuzatilmoqda.
Yamal — eng zo‘ri. U — keyingi Messi. U har bir o‘yin natijasiga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. U — juda noyob futbolchi.
Lamin to‘pga tegishi bilanoq boshqa o‘yinchilardan qanchalik farq qilishi yaqqol ko‘rinadi», — dedi «Milan» sobiq himoyachisi New York Post'ga.
Nesta: «Yamal — eng zo‘ri. U — keyingi Messi»
Futbol
5 iyun, 17:50
«Milan» sobiq himoyachisi ispan vingerini e'tiroq etdi.
Foto: Getty Images