Bugun
22
O'zbek

"Chelsi" Kukurelya o'rniga uch nomzodni ko'rib chiqmoqda

Futbol
5 iyun, 17:03
Ispaniyalik himoyachi La Ligaga qaytishi mumkin.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Chelsi" Kukurelya o'rniga uch nomzodni ko'rib chiqmoqda
Фото: Getty Images

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya yozgi transfer vaqtida "Atletiko"ga o'tishi mumkin.

TEAMtalk nashri xabar berishicha, "ko'klar" ispan himoyachining o'rniga munosib nomzod izlamoqda.

Ustuvor nomzodlar ro'yxatida Andrea Kambyazo ("Yuventus"), Nataniel Braun ("Ayntraxt") va Alejandro Grimaldo ("Bayer") bor.

Eslatib o'tamiz, Kukurelya "Brayton"dan "Chelsi" safiga kelib qo'shilgan. Bundan oldin "Eybar" va "Xetafe" jamoalarida ham to'p tepgan.

Yakunlangan mavsumda u "ko'klar" safida barcha turnirlar doirasida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar