Live
2
O'zbek

Virtz "Liverpul"da qoladi – Romano

Futbol
5 iyun, 03:02
Avvalroq "Chelsi" Florian bo'yicha taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Virtz "Liverpul"da qoladi – Romano
Фото: Getty Images

"Liverpul" klubi hujumkor yarimhimoyachisi Florian Virtz "Chelsi"ga o'tmaydi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "aristokratlar" rahbariyati germaniyalik 23 yoshli vingerni sotib olish variantini ko'rib chiqmayapti.

Florian ham "Liverpul"da qoladi va boshqa takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.

Avvalroq "Chelsi" Virtz bo'yicha taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yakunlangan mavsumda Florian mersisaydliklar safida 33 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Ayni paytda o'yinchining transfer bahosi 100 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar