Live
2
O'zbek

Soboslai — "Liverpul"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi

Futbol
4 iyun, 23:15
Vengriyalik futbolchi 2023 yildan beri mersisaydliklar safida to'p tepadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Soboslai — "Liverpul"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi
Фото: Getty Images

"Liverpul"ning vengriyalik yarimhimoyachisi Dominik Soboslai klubda o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yakunlangan mavsumda futbolchi mersisaydliklar safida barcha turnirlarda 53 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 13 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 100 million evroni tashkil etadi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, "Liverpul" esa 60 ochko to'plab, APLda beshinchi pog'onadan joy oldi. Yangi mavsumda jamoani Andoni Iraola boshqaradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar