Live
1
O'zbek

"Barselona" Alvares transferi bo'yicha muzokaralarda boshi berk ko'chaga kirib qoldi

Futbol
5 iyun, 14:35
Argentinalik hujumchi uchun yagona real variant APL klubi bo'lib turibdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Barselona" Alvares transferi bo'yicha muzokaralarda boshi berk ko'chaga kirib qoldi
Foto: Getty Images

"Barselona" Xulian Alvares transferi bo'yicha muzokaralarda hozircha ijobiy siljishga erisha olmayapti.

Avvalroq kataloniyaliklar "Atletiko" hujumchisi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilgani, ammo madridliklar futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Cadena SER jurnalisti Pedro Fullana ma'lum qilishicha, muzokaralar jarayoni boshi berk ko'chaga kirib qoldi. "Matraschilar" argentinalik futbolchini sotish niyatida emas, chunki u klubning kelasi mavsum uchun rejalarida muhim o'rin tutadi.

Ta'kidlanishicha, 26 yoshli forvard uchun "yagona real variant" "Arsenal"ga o'tish hisoblanadi, ammo futbolchining o'zi bu variantni ko'rib chiqmayapti. Agar u "Atletiko"dan ketadigan bo'lsa, "Barsa"ga qo'shilishni afzal ko'radi, biroq transferni tezlashtirish uchun bosim o'tkazmaydi.

Alvares o'tgan mavsumda La Liga doirasida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar