Live
5
O'zbek

“Atletiko” Gonsalesni “Yuventus”dan toʻliq sotib oladi

Futbol
5 iyun, 06:42
Transfermarkt portali ma'lumotlariga koʻra, Gonsalesning bozor narxi 24 million yevroni tashkil etadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
“Atletiko” Gonsalesni “Yuventus”dan toʻliq sotib oladi
Фото: Getty Images

Argentinalik vinger Niko Gonsales “Yuventus”dan “Atletiko”ga doimiy asosda oʻtishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga koʻra, argentinalik 28 yoshli futbolchining transferi borasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli ketmoqda.

Futbolchining oʻzi “Atletiko” bilan 2030 yilgacha moʻljallangan shartnoma boʻyicha kelishuvga erishgan. Kelishuvga koʻra, Niko yilliga 4 million yevro maosh va qoʻshimcha bonuslarga ega boʻladi.

Ma'lumot uchun, oʻtgan mavsumda “Atletiko” Gonsalesni ijaraga asosida oʻz safiga qoʻshib olgan edi.

Futbolchi “matraschilar” safida barcha turnirlarda 37 ta oʻyin oʻtkazib, beshta gol urgani. Transfermarkt portali ma'lumotlariga koʻra, Gonsalesning bozor narxi 24 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar