Bugun, 5 iyun sanasida liganing yana bir bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoroning BuxDU jamoasi Farg‘ona vodiysidan tashrif buyurgan «Yaypan»ni mehmon qildi.
Kutilmaganda, murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yin mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu mavsum bor yo‘g‘i 1 ochkogina jamg‘argan va oxirgi o‘rinda borayotgan BuxDU 4-o‘ringa ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan raqibini taslim qildi.
Mezbonlar safida gollarga Sayidjon Ashurov va Akobir To‘rayev mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar Javohir Abdujabborovning aniq zarbasi bilan javob berishdi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida, aniqrog‘i, 85-daqiqada Firdavs Umaraliyev qizil kartochka olib, «Yaypan»ni bir kishi kam bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi.
Natijada, «Yaypan» 13 ochko bilan 7-pog‘onada qolgan bo‘lsa, ochkolari sonini 4 taga yetkazgan BuxDU TerDU hamda «Paxtakor» FJga yetib oldi, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha hamon oxirgi o‘rinni band etib turibdi.
Proliga, 9-tur
5 iyun
BuxDU – «Yaypan» 2:1
Gollar: Sayidjon Ashurov, 53 (1:0), Javohir Abdujabborov, 66 (1:1), Akobir Turayev, 81 (2:1).
Chetlatish: Firdavs Umaraliyev (85, «Yaypan»).