Live
2
O'zbek

Proliga. "Metallurg" "Kattaqo'rg'on" bilan durang qayd etdi, "Yaypan" va "Lochin"da g'alaba

Futbol
31 may, 12:11
8-tur yakuniga yetdi.
Proliga. "Metallurg" "Kattaqo'rg'on" bilan durang qayd etdi, "Yaypan" va "Lochin"da g'alaba
Foto: Proliga
31.05.2026 FT Pro Liga Metallurg Metallurg 1 : 1 Kattaqurgon Kattaqurgon

O'zbekiston Proligasida 8-turning so'nggi uch o'yini bo'lib o'tdi.

Superliga yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoalar bellashuvida "Metallurg" o'z uyida "Kattaqo'rg'on" bilan durangga imzo chekdi.

"Yaypan" Respublika FAdan minimal hisobda ustun kelgan bo'lsa, "Lochin" autsayder BuxDU darvozasiga javobsiz 4 ta to'p kiritdi.

Proliga. 8-tur. 31 may
Metallurg — Kattaqo'rg'on 1:1

Gollar: Mirziyod Mirodilov (41) — Sardor Mahmudov (20).

Yaypan — Respublika FA 1:0
Gol: Jahongir Tursunov (63).

Lochin — BuxDU 4:0
Gollar: Elbek Otaqulov (6), Behruz To'rayev (62, avtogol), Samandar O'rinboyev (76), Abduvohid Oxtoyev (88).

Proligada 8-turdan so`ng turnir jadvali
Foto: Proliga

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Metallurg Metallurg
  • Kattaqurgon Kattaqurgon
  • Yaypan Yaypan
  • Lochin Lochin
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar