Proliganing qoldirilgan 9-tur bahsida «Lochin» safarda «Olimpik Mobiuz» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar hisobni 9-daqiqada Abduvohid Oxtoyevning goli bilan ochdi. Oradan besh daqiqa o‘tib Abdug‘ofur Haydarov muvozanatni tikladi. Biroq 18-daqiqada Muhammadali Mavlonov «Lochin»ni yana oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda Asadbek Samariddinov 58-daqiqada hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 67-daqiqada Saidxon Hamidov bitta gol urgan bo‘lsa-da, mezbonlar mag‘lubiyatdan qutula olmadi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Lochin» 21 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Olimpik Mobiuz» esa 12 ochko bilan 9-o‘rindagi o‘rnini saqlab qoldi.
Proliga. 9-tur (qoldirilgan bahs)
Olimpik Mobiuz - Lochin 2:3
Gollar: Abduvohid Oxtoyev 9 (0:1), Abdug‘ofur Haydarov 14 (1:1), Muhammadali Mavlonov 18 (1:2), Asadbek Samariddinov 58 (1:3), Saidxon Hamidov 67 (2:3).