“Metallurg” bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonov Proliga 8-turidan oʻrin olgan “Kattaqoʻrgʻon” (1:1) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
«Bugun 2 ochko yo‘qotdik. Yigitlar harakat qilib, borini berishdi. Mashg‘ulotlarda ishlaganlarimizni maydonda ko‘rsatishga urinshdi. Omadimiz kelmadi.
Umumiy oladigan bo‘lsak, yaqqol xavfli vaziyatlarimiz ham unchalik ko‘p bo‘lmadi. Raqib ham himoyada tartibli o‘ynaganini ta'kidlash zarur. Ularni 1 ochko bilan tabriklayman, lekin baribir biz 2 ochko yo‘qotdik.
Endi 8-tur o‘tdi. Oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor. Xatolarni tahlil qilib, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Muhammadbobur Mo‘ydinovda jarohat sabab o‘yin amaliyoti yo‘q edi. Himoyada xatolarga yo‘l qo‘ydi. Shu sababli uni erta almashtirishga to‘g‘ri keldi.
Asosiy raqiblar bo‘lgan «Orol» va «Sho‘rtan» 5 ochkoga ilg‘orlab ketdi. Biroq hali ular bilan uchrashamiz. Oldinda «Sho‘rtan» bilan o‘yin kutib turibdi. Tanaffusdan keyin esa «Orol» bilan ikki bor to‘qnash kelamiz. O‘ylashimcha, katta yo‘qotish yo‘q. 5 ochko farq biz uchun xavfli albatta, oldimizga chempionlik vazifasi qo‘yilgan. Ishlashda, izlanishda davom etamiz. Keyingi o‘yinlarga astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz.
Saidumar Saidnurullayevning zaxiraga olinishi? U mana shu bahsdan keyin yoshlr milliy jamoasi tarkibiga yo‘l oladi. Shu sababli jarohatdan endi tuzalib, safga qaytgan Komil Tojiddinovni ko‘rdik. Qo‘shimchasiga Saidumar ikkinchi bo‘limda u qadar faolilik ham ko‘rsata olmadi, shu sababli uni almashtirdik.
Davralar oralig‘ida tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladimi? Rahbariyat bilan bu mavzuda gaplashganmiz. Hali oldinda ikkita tur bor. Muzokaralar olib borilmoqda. Yana o‘ylab ko‘ramiz. Hammasi rejadagidek ketsa, rahbariyat ruxsat bersa, tarkibni kuchaytiramiz. Oldingi chiziqda, yarimhimoya va hujum chizig‘ida 2-3 emas, 5 nafar o‘yinchi olishga majburmiz. Sifatli o‘yinchilar o‘yin taqdirini hal qiladi. Mavsum oldidan tayyorgarlikka vaqtimiz kamroq edi. Bor imkoniyatlardan kelib chiqib tarkibni shakllantirdik. Biroq chempionlikni ko‘zlasak, yarimhimoyaga va albatta, hujum chiziga futbolchi olishimiz kerak», — deya Mo‘minjonovning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Ilhom Mo‘minjonov: «Tanaffusda 5 o‘yinchi olishga majburmiz. Sifatli futbolchilar o‘yin taqdirini hal qiladi»
Futbol
31 may, 12:55
«Metallurg» ustozining «Kattaqo‘rg‘on» bilan durangdan so‘ng fikrlari
Foto: FC Metallurg
31.05.2026
FT
Pro Liga
Metallurg
1
:
1
Kattaqurgon