Proligada 9-tur o‘yinlari start oldi. Peshqadam "Orol" (23, 1-o‘rin) o‘z maydonida "Paxtakor FJ"ni (4, 12-o‘rin) qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Nukusdagi bellashuvda Ruslan Qal‘ambetov dublga erishdi.
"G‘azalkent" (12, 8-o‘rin) esa Toshkentda "QMU Jayhun" (8, 10-o‘rin) bilan murosa ko‘chasini tanladi.
Proliga. 9-tur
Orol – Paxtakor FJ 3:0
Gollar: Ruslan Qalma‘gambetov, 10 (1:0), Jasur Xotamov, 36 avtogol (2:0), Ruslan Qalma‘gambetov, 47 (3:0)
G‘azalkent – QMU Jayhun 0:0
