Bu haqda As nashri xabar berdi.
Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman jurnalistlar bilan suhbatda Milanning «Inter» jamoasidan Madridning «Real» klubi safiga o‘tishi kutilayotgan himoyachi Denzel Dumfrisning transferi haqida fikr bildirgan.
Kuman As nashriga Dumfrisning transferi to‘liq yakunlangan yoki yo‘qligini aniq bilmasligini aytdi. Mutaxassis bu kabi transferga kimdir arzisa, bu Denzel ekanligini ta’kidladi. «Lekin, men uning «Barselona»ga o‘tishini afzal ko‘rar edim», - deya qo‘shimcha qildi Kuman.
Eslatib o‘tamiz, Ronald Kuman 2020-yildan 2021-yilgacha Kataloniya klubini boshqargan. Denzel Dumfris tez orada «Real» jamoasi o‘yinchisiga aylanishi kerak.
Ma’lumot uchun, «qirollik klubi» Niderlandiya milliy jamoasining 30 yoshli qanot himoyachisi uchun taxminan 25 million yevro to‘laydi.