«Real» klubi «PSJ» yarimhimoyachisi Joau Neveshni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda COPE nashri xabar berdi.
Avvalroq «qiroylik» klubi prezidenti Florentino Peres seshanba kuni yangi o'yinchi uchun 150 million yevro miqdorida taklif yuborishni aytgandi.
Manbaga ko'ra, Peres Neveshni nazarda tutgan. Portugalialik 21 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi 140 million yevroni tashkil etmoqda.
Joauning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.