Live
1
O'zbek

«Bu - Ronaldu darajasidagi transfer bo'ladi» — Peres

Futbol
5 iyun, 00:24
Madrid klubi katta transferga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Bu - Ronaldu darajasidagi transfer bo'ladi» — Peres
Фото: Getty Images

«Real» prezidenti Florentino Peres agar prezidentlik saylovlarida g'olib chiqsa, klub 150 million yevro evaziga yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashini e'lon qildi.

«Seshanba kuni men Chempionlar Ligasida qatnashadigan klublardan biriga superyulduz futbolchi borasida ulkan taklif yuboraman. Bu transfer uchun kamida 150 million yevro to'laymiz. «Real» tarixidagi eng qimmat futbolchini sotib olishga harakat qilaman.

Hamma narsani keyingi hafta bilib olasiz. U Krishtianu Ronaldu darajasidagi superyulduz. Bu Olise ham, Holand ham, Keyn yoki Doku ham emas. Hozir uning ismini aytmayman. Hech qachon umidlarni puchga chiqarmayman. Maqsadim — muxlislarni hayratda qoldirish. Bunga erishish uchun o'z vaqtida Zidan, Figu, Bekhem, Krishtianu, Kakalarni transfer qilganman... Bu futbolchi ham aynan o'shalar toifasidan», — deya Peresning so'zlarini keltiradi Diario AS nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar