Live
1
O'zbek

"Real" Fernandes bilan shaxsiy kelishuvga erishdi – manba

Futbol
5 iyun, 01:02
Bitimning amalga oshishi endi klublar o'rtasidagi muzokaralarga bog'liq bo'ladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Real" Fernandes bilan shaxsiy kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

"Chelsi" yarimhimoyachisi Enzo Fernandes "Real" bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Migel Serrano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "qirollik" klubi rahbariyati argentinalik futbolchi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Biroq jamoalar Enzo bo'yicha kelisha olishmagan. Bitimning amalga oshishi endi klublar o'rtasidagi muzokaralarga bog'liq bo'ladi.

Londonliklar Fernandes uchun 120 million funt sterlinggacha talab qilishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda u "ko'klar" safida APL doirasida 36 ta bellashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 assistni qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar