Bugun
22
O'zbek

"Bavariya" Oliseni "Real"ga 200 mln yevroga ham sotmoqchi emas

Futbol
5 iyun, 18:55
Avvalroq Peres 150 mln yevro taklif qilishini aytgan yulduz aynan fransiyalik vinger bo'lishi mumkinligi aytilgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Bavariya" Oliseni "Real"ga 200 mln yevroga ham sotmoqchi emas
Foto: Getty Images

"Bavariya" Maykl Oliseni "Real"ga sotish niyatida emas.

Avvalroq madridliklar prezidenti Florentino Peres saylovda g'alaba qozonsa, top-klublardan birining futbolchisi uchun kamida 150 million yevro taklif qilishini ma'lum qilgandi. U gap aynan Olise haqida ketayotganini inkor etgan boʻlsa-da, bir nechta nashrlar bu soʻzlar fransiyalik vingerga tegishli ekanini xabar qildi.

Jurnalist Matteo Morettoning ma'lum qilishicha, myunxenliklar futbolchini "150 millionga ham, 200 million yevroga ham" sotmoqchi emas. 24 yoshli vingerning o'zi "Bavariya"da qolishni xohlaydimi yoki "Real"ga o'tishni istaydimi — bu noma'lum.

Olise o'tgan mavsumda Bundesligada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar