Bugun
22
O'zbek

Li Kang In Madrid klubiga o'tishni istamoqda

Futbol
5 iyun, 16:20
«PSJ» 25 yoshli futbolchini qanchaga sotmoqchiligi ma'lum.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Li Kang In Madrid klubiga o'tishni istamoqda
Foto: Getty Images

Li Kang In «PSJ»ni tark etishni istamoqda va faoliyatini davom ettirish uchun asosiy variant sifatida «Atletiko»ni ko'rmoqda.

Bu haqida Atletico Universe nashri jurnalist Matteo Moretto va Radio Marca ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

Parij klubi 25 yoshli yarimhimoyachini 30 million yevro atrofidagi mablag' evaziga qo'yib yuborishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, ikki klub o'rtasida yaxshi munosabatlar shakllangan. Madridliklar rahbariyati yarimhimoyachini nafaqat maydondagi o'yini, balki marketing nuqtayi nazaridan ham jamoa uchun muhim figura deb hisoblamoqda. Janubiy Koreya milliy jamoasi a'zosining kelishi klubning Osiyo bozoridagi nufuzi va tijoriy imkoniyatlarini yanada kengaytirishi mumkin.

Li Kangga La Liga begona emas. U 2018-2023 yillar oralig'ida «Valensiya» va «Malyorka»da o'ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar