Aleksandar Stankovich "Inter"ga qaytdi.
O'tgan yozda milanliklar tayanch yarimhimoyachini "Bryugge"ga 10 million yevro evaziga sotgandi.
Xabarlarga ko'ra, kelishuvda futbolchini qayta sotib olish imkoni ham mavjud bo'lgan — 2026 yilda 22 million yevro va 2027 yilda 25 million yevro evaziga.
Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Deyan Stankovichning o'g'li bo'lgan Aleksandarning qaytish transferi 23 million yevroga tushgan.
2005 yilda tug'ilgan yarimhimoyachi "neradzurri" safiga doimiy bitim asosida qo'shiladi. Uning shartnomasi 2026 yil 1 iyuldan 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.
O'tgan mavsumda kichik Stankovich Belgiya Proligasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Stankovich "Inter"ga qaytdi
Futbol
5 iyun, 18:35
Milan klubi yarimhimoyachini qaytarib sotib olish huquqidan foydalandi.
Foto: Getty Images