Mavsumlar oralig'ida "Real" klubi bosh murabbiyiga aylanishi ehtimoli yuqori bo'lgan mutaxassis Joze Mourinio madridliklar safida Mateush Fernandeshni ko'rishni istamoqda, deb xabar bermoqda AS nashri.
"Qaymoqranglilar" allaqachon "Vest Hem" yarimhimoyachisini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha ishlarni boshlab yuborgan.
Manbaga ko'ra, "bolg'achilar"ning Premyer-ligani tark etishi portugaliyalik futbolchining ehtimoliy transferini osonlashtirishi mumkin. Shuningdek, "Real" va futbolchining agenti Jorge Mendesh o'rtasidagi munosabatlar yaxshilangani ham bu jarayonga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
21 yoshli yarimhimoyachiga "Liverpul" va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar uchun boshlang'ich qiymat sifatida 80 million funt sterling tilga olinmoqda.
O'tgan mavsumda Fernandesh APLda 36 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mourinio "Real"da portugaliyalik yarimhimoyachini ko'rmoqchi
Futbol
5 iyun, 20:00
APLni tark etgan "Vest Hem" futbolchisi La Liga grandi e'tiborida.
Foto: Getty Images