Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Saudiya Arabistoni, Paragvay, Kanada va Haiti o‘rtoqlik o‘yini doirasida maydonga tushdi.
Saudiyaliklar Shimoliy Amerika vakili Puerto-Riko bilan kuch sinashdi va yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Paragvay Nikaraguani 4:0 hisobida yenggan bo‘lsa, Kanada o‘z uyida Irlandiya bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Shuningdek, Haiti milliy jamoasi AQShda Peruga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘rtoklik o‘yinlari
Saudiya Arabistoni — Puerto-Riko 3:0
Gollar: Mandash 45+1, al Hamdan 51, ad Dovsariy 88.
Paragvay — Nikaragua 4:0
Gollar: Kaku 17, Almiron 42, Galarza 62, Maidana 67.
Kanada — Irlandiya 1:1
Gollar: O'Brayan 23 (avt) — Ogbene 60.
Haiti — Peru 1:2
Gollar: Isidor 16 — Garses 81, Veles 84.