Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Oʻzbekistonga qarshi bahs (2:1)dan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
«Bu oʻyindan keyingi hissiyotlarim? Ikki oʻyinda ham ikki golni penaltidan urgani meni biroz oʻylantirmoqda. Lekin baribir jamoaga ishonchim saqlanib qolmoqda.
Ijobiy tomoni — biz imkoniyatlar yaratmoqdamiz. Agar oʻrtoqlik uchrashuvlariga nazar tashlasak, kamida 3-4 ta oʻyindan kiritilgan gol boʻlishi kerak edi.
Bizda bu imkoniyatlardan gol urish uchun yetarlicha sifatli futbolchilar bor. Shuningdek, koʻplab futbolchilarni 90 daqiqa maydonda ushlab tura oldik — bu ham ijobiy holat.
Yana bir necha kun ichida barcha mayda detallarni toʻgʻrilab olamiz. Mundial ilk turida yaxshi oʻyin koʻrsatishimizga toʻliq ishonaman», — dedi Kuman.