Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oldidan oʻz fikrlarini bildirdi.
— Bizda 26 nafar futbolchi bor. Oʻzbekistonga qarshi ikki oʻyin oʻtkazamiz. Birinchisida asosiy tarkib maydonga tushadi. Shuningdek, hozircha 100 foiz tayyor boʻlmagan ayrim futbolchilar ikkinchi oʻyinda qatnashishi mumkin. Shunda hamma oʻyin amaliyotiga ega boʻladi. Biz shuni istaymiz.
Murabbiy ehtiyotkorlikni ham unutmaslik kerakligini taʼkidladi:
— Biz Jazoirni ham besh nafar himoyachi bilan oʻynaydi deb kutgandik, — dedi u Rotterdamdagi 0:1 hisobidagi kutilmagan magʻlubiyatni eslab.
— Imkon qadar kamroq almashtirish qilishni xohlaymiz. Deyarli aniqki, Krisensio Sammervill yana oʻng qanot hujumchisi sifatida asosiy tarkibdan joy oladi. Bu, ayniqsa, oʻng qanot himoyachisi Denzel Dumfris bilan oʻzaro hamkorlikni yanada takomillashtirish uchun muhim. Bu mantiqiy qaror.
Sammervill Jazoirga qarshi oʻyinda yaxshi harakat qildi, ammo kamchiliklari ham boʻldi. Shuningdek, Denzel bilan oʻzaro tushunish ham yaxshi boʻlishi kerak: toʻpsiz holatda qanchalik ortga yugurish lozimligini bilish muhim, — deydi Kuman.
Niderlandiya — Oʻzbekiston bahsida asosiy tarkiblar odatdagidek oʻyin oʻtkazishadi. Undan keyin yana 30 daqiqadan ikki boʻlim oʻynaladi va unda kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlgan futbolchilar maydonga tushiriladi. OʻFA matbuot xizmati maʼlum qilishicha, ikkinchi bellashuv yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtadi.
Kuman: "Oʻzbekistonga qarshi ikki oʻyin oʻtkazamiz. Birinchisida asosiy tarkib maydonga tushadi"
Futbol
8 iyun, 10:43
Niderlandiya — Oʻzbekiston bahsida asosiy tarkiblar odatdagidek oʻyin oʻtkazishadi.
Фото: Getty Images
08.06.2026, 14:45
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Niderlandiya
-
:
-
O‘zbekiston