Live
1
O'zbek

Skaloni Messining holati haqida ma’lumot berdi

Futbol
9 iyun, 05:00
Argentina sardori Islandiyaga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Skaloni Messining holati haqida ma’lumot berdi
Foto: Getty Images
09.06.2026, 21:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina - : - Islandiya Islandiya

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining jismoniy holati va uning Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidagi ishtiroki haqida gapirdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, 38 yoshli hujumchi bo‘lajak nazorat bahsida maydonga tushadi, biroq uning qancha vaqt o‘ynashi hozircha noma’lum.

«Leo o‘ynaydi. Ammo uning necha daqiqa maydonda bo‘lishini aniq ayta olmayman. Bu masalani mashg‘ulotlardan keyin muhokama qilamiz.

Biz barcha xavflarning oldini olishimiz kerak. Yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi», — dedi Skaloni ESPN nashriga.

Qayd etilishicha, Messi Argentina milliy jamoasi yig‘iniga mushakdagi noqulaylik bilan yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempionlari 2026 yilgi mundialda ham bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, Argentina milliy jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichida Avstriya, Jazoir va Iordaniya milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Islandiya Islandiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar