Virjil van Deyk o‘tgan mavsumda «Liverpul» duch kelgan muammolar haqida fikr bildirdi.
«Muammolar biri ketidan biri kelaverdi. Diogu Jota haqidagi dahshatli xabarni yetkazishgan paytdan boshlab, o‘tgan oyda Muhammad Saloh va Endryu Robertson bilan xayrlashuvni kuzatganimgacha bo‘lgan davr juda og‘ir kechdi.
Jarohatlar, shaxsiy muammolar, omadsiz o‘yinlar — bularning hammasi bo‘ldi. Natijada chempionat davomida barqarorlikka erisha olmadik. «Liverpul» safida o‘tkazgan 8 yilim davomida bunday holatni avval hech qachon boshdan kechirmaganman.
Voqealarning shu tarzda rivojlangani uchun shaxsan o‘zimni ham mas’ul deb bilaman, chunki men «Liverpul»ni yaxshi ko‘raman. Dunyoning eng ajoyib klublaridan birining sardoriman va bu bilan faxrlanaman. Ammo aynan shu holat bunday mavsumni yanada og‘irroq qiladi. Men juda katta mas’uliyat hissini tuyaman.
Mas’uliyatni o‘z zimmamga olish — men uchun odatiy hol. Boshqalarning mas’uliyatini ham tezda o‘z bo‘ynimga olib qo‘yaman. Biroq o‘tgan yili «Liverpul»da ba’zi paytlarda zimmamga haddan tashqari ko‘p yuk olganman. Bu holatdan ham tegishli xulosalar chiqaryapman», — deya van Deykning so‘zlarini keltiradi NU.
Van Deyk: «Liverpul»dagi 8 yilim davomida hech qachon bunday holat bo‘lmagandi. Muammolar to‘xtovsiz kelaverdi»
Futbol
5 iyun, 20:20
Niderlandiyalik himoyachi o‘tgan mavsumda mersisaydliklar duch kelgan muammolarga to‘xtaldi.
Foto: Getty Images