Bugun
22
O'zbek

Leau: "Milan"ning o'yin uslubi menga qiyinchilik tug'dirdi. APL yoki La Liga iqtidorimni yaxshiroq ochib beradi"

Futbol
5 iyun, 19:15
Portugaliyalik vinger "rossoneri" safini tark etish qarori haqida fikr bildirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Leau: "Milan"ning o'yin uslubi menga qiyinchilik tug'dirdi. APL yoki La Liga iqtidorimni yaxshiroq ochib beradi"
Foto: Getty Images

Rafael Leau "Milan"ni tark etish qarori haqida fikr bildirdi.

May oyi oxirida portugaliyalik 26 yoshli vinger klubdagi 7 yillik faoliyatidan soʻng jamoani tark etayotganini maʼlum qilgandi.

"Menga yangi chaqiriq kerak. Italiyada ikki sovrin yutib bo'ldim va yetarlicha vaqt o'tkazdim. Bu liga rivojlanmoqda, ammo mening o'yin uslubim uchun Premer-liga yoki La Liga iqtidorimni yanada yaxshiroq namoyon qilish imkonini beradi.

Agar APLga o'tish imkoniyati paydo bo'lsa, juda xursand bo'laman. Menimcha, u yerda eng yuqori saviyadagi futbolchilarga qarshi o'ynab, o'z iqtidorimni sinab ko'rishim mumkin. Bunday chempionatda ishtirok etish futbolchilarning imkoniyatlarini to'liq ochib berishga yordam beradi.

O'tgan mavsum? Bu og'ir mavsum bo'ldi. Biz Chempionlar Ligasiga yo'llanma ololmadik. Men 4-5 oy davomida pubalgiyadan (chov sohasidagi jarohat) aziyat chekdik va bundan tashqari o'zim uchun noqulay pozitsiyada harakat qildim.

Taktik tizim menga yordam bermadi. Maydonda farq yarata olishimni his qilardim, ammo jamoaning o'yin uslubi buning uchun sharoit yaratmasdi. Oxir-oqibat bu insonni juda charchatib yuboradi"
, — deya Leauning so'zlarini keltiradi Milan Report.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar