Bugun
22
O'zbek

Messi va Son MLS yulduzlari safida Meksika ligasi jamoasiga qarshi birga o‘ynashadi

Futbol
5 iyun, 19:35
29 iyul kuni har ikki liga yulduzlari o‘rtasidagi bahs o‘tkaziladi. MLS tarkibi ma'lum bo‘ldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Messi va Son MLS yulduzlari safida Meksika ligasi jamoasiga qarshi birga o‘ynashadi
Foto: Getty Images

Lionel Messi MLS va Meksika chempionati yulduzlari o‘rtasidagi o‘yinga taklif oldi.

Ikki liga yulduzlari o‘rtasidagi bellashuv 29 iyul kuni «Sharlott» stadionida bo‘lib o‘tadi.

MLS jamoasi tarkibi muxlislar, o‘yinchilar va OAV vakillarining ovozlariga ko‘ra shakllantirildi. Boshlang‘ich tarkib quyidagicha bo‘ladi.

Darvozabon: Brayan Shvake («Neshvill»);

Himoyachilar: Entoni Markanich («Minnesota»), Mbeqezeli Mbokazi («Chikago»), Tim Rim («Sharlott»), Endi Nahor («Neshvill»);

Yarimhimoyachilar: Sebastyan Berhalter («Vankuver»), Zayver Gozo («Real Solt Leyk»), Hani Muxtor («Neshvill»);

Hujumchilar: Ugo Keypers («Chikago»), Son Hyon Min («Los-Anjeles»), Lionel Messi («Inter Mayami»).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • Los Angeles FC Los Angeles FC
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar