Bugun
4
O'zbek

MLS. "Inter Mayami" gollarga boy o'yinda g'alaba qozondi. Suaresda het-trik, Messi jarohat oldi (videosharh)

Futbol
24 may, 23:30
Mayami klubi 31 ochko bilan umumiy turnir jadvalining 4-pog'onasida qayd etilgan.
MLS. "Inter Mayami" gollarga boy o'yinda g'alaba qozondi. Suaresda het-trik, Messi jarohat oldi (videosharh)
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT MLS USA Inter Miami CF Inter Miami CF 6 : 4 Philadelphia Union Philadelphia Union

MLS 15-turidan o'rin olgan "Inter Mayami" hamda "Filadelfiya" jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsda mezbonlar 6:4 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Maydon egalari safida Messi maydonda to'liq harakat qilib, 2 assistni o'z nomiga rasmiylashtirib qo'ydi. Shuningdek, Lionel 73-daqiqada jarohati sabab zaxiraga olindi.

Ayni vaqtda "Inter Mayami" 31 ochko bilan umumiy turnir jadvalining 4-pog'onasida qayd etilgan bo'lsa, "Filadelfiya" 7 ochko to'plagan holda so'nggi 30-o'rinni band etgan.

MLS, 25 may.
Inter Mayami — Filadelfiya 6:4
Gollar: Berterame 13, 41 (dubl), Suares 29, 44, 81 (het-trik), de Paul 90+3 — Iloski 3, 10 (pen), 45+8 (pen, het-trik), Damiani 20.

Inter Mayami — Sent-Kleyir, Frey (Allen 88), Lujan, Mikael, Regilon (Mura 68), Brayt (Ruis 88), de Paul, Segoviya (Ayala 67), Messi (Silvetti 73), Suares, Berterame.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • Philadelphia Union Philadelphia Union
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar