«Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messining jarohati jiddiy emas. Bu haqda jurnalist Gaston Edul xabar berdi.
38 yoshli futbolchi MLS doirasidagi «Filadelfiya»ga qarshi o'yin (6:4)da jarohat sabab almashtirildi. U bellashuvning 73-daqiqasida orqa son qismida noqulaylik his qilib, maydonni tark etdi.
Ma'lum qilinishicha, argentinalik yulduz ehtiyot chorasi sifatida murabbiylar shtabidan zaxiraga olishlarini so'ragan. U jiddiy jarohat olmagan. Shunga qaramay, Lionel jahon chempionati oldidan tavakkal qilishni istamagan.