Lennart Karl jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Insayder Florian Plettenberg va boshqa manbalarining xabar berishicha, yarimhimoyachida mushak tolalarining uzilishi aniqlangan. MRT tekshiruvlari jarohatni tasdiqlagan va 18 yoshli futbolchi turnirni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan.
«Bavariya» a'zosi Germaniya milliy jamoasi yig'inida jarohat olgan. Bosh murabbiy Yulian Nagelsmann avvalroq jarohat jiddiy ko'rinishda ekanini aytgandi, keyinchalik Karlning jahon chempionatini o'tkazib yuborishi tasdiqlandi.
Lennartning o'rniga Germaniya safiga «Leyptsig» yarimhimoyachisi Assan Uedraogo chaqirildi.

Uedraogo yakunlangan mavsumda Bundesligada 19 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urg'an. U 2025 yilda Germaniya milliy jamoasidagi debyutida ham gol urishga muvaffaq bo'lgan.