Shakira va nigeriyalik Burna Boy Mexikoda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati ochilish marosimida Dai Dai nomli musobaqaning rasmiy madhiyasi bilan chiqish qiladilar.
Payshanba, 11 iyun kuni, Mexikodagi «Atsteka» stadionida Meksika va JAR milliy jamoalari Jahon chempionati-2026 ochilish bellashuvida ro‘baro‘ keladilar. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, mundial guruh bosqichi o‘yinlari 11-iyundan 28-iyungacha o‘tkaziladi. O‘z navbatida pley-off o‘yinlari 28-iyundan boshlanadi. Final bahsi 19-iyulda bo‘lishi rejalashtirilgan.