Madridning "Real" klubi vingeri Brahim Dias hozircha "Yuventus"ga o'tishga rozilik bildirmayapti. Bu haqida jurnalist Janluka di Marzio xabar berdi.
Turin klubida marokashlik futbolchi hujumni kuchaytirish uchun ideal variant sifatida qaralmoqda. "Zebralar" vakillari allaqachon o'yinchining otasi bilan aloqaga chiqqan, ammo kelishuvga erishishga hali ancha bor.
Qayd etilishicha, Dias "Real"da qolishni va jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinioning ishontirishni istamoqda. Hozircha u ketish haqida o'ylamayapti.
Shu bilan birga, agar portugaliyalik murabbiy 26 yoshli futbolchini asosiy tarkibda ko'rmasligini ochiq aytadigan bo'lsa, vaziyat o'zgarishi mumkin. Avvalroq Brahim Marokashning mundial uchun yakuniy tarkibidan joy olgani ma'lum qilingan edi.